O‘quv-seminari yakunida ishtirokchilar guvohnoma bilan taqdirlandi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlaridagi fermer xo‘jalik xodimlari uchun o‘quv-seminar tashkil etilganligi haqida OAVda keng yoritgan edik. 1 hafta davomida olib borilgan qisqa muddatli o‘quv-seminari o‘z yakuniga yetib, barcha ishtirokchilarga filial direktori A.Esimbetov tomonidan guvohnoma topshirildi. 1 hafta mobaynida tegishli mavzular bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilib, seminar ishtirokchilarining bilim va ko‘nikmalari shakllantirildi.
–O‘quv seminarini yuqori saviyada tashkil etishga harakat qildiq. Filial o‘qituvchilari tomonidan yetarli bilimlar berildi. Eng muhimi kutilgan ijobiy natijaga erisha oldik deb o‘ylaymiz–deydi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Q.Atanazarov.
Seminar davomida sohani ilg‘or tajribalar asosida yanada rivojlantirish, shu kabi seminarlarni maqsadli tashkil etish yuzasidan fikr almashildi. O‘quv-seminari yakunida ishtirokchilar guvohnoma bilan taqdirlandi. Fermer xo‘jalik xodimlarining nazariy va amaliy bilimlari yanada mustahkamlandi.
скачать dle 12.1