Tyutorlar Toshkent shahrida o‘tkazilgan seminar taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi
«Veterinariya va zooinjeneriya» fakultetining ikki nafar tyutori Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkillashtirilgan seminar-treningda ishtirok etganligi haqida xabar bergan edik. J.Mambetniyazov va R.Xojametov I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filialida “Oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik faoliyatini tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida o‘tkazilgan 1 kunlik namunaviy seminarda o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarini filialdagi hamkasblariga yetkazish hamda taassurotlari bilan o‘rtoqlashish maqsadida seminar o‘tkazdi.
Seminar davomida tyutorlarga mavzu doirasida keng tushunchalar berildi. Tyutorlarni bir joyga jamlagan seminarda muhokama qilingan dolzarb mavzular yuzasidan so‘z yuritildi. Kelgusida o‘zlashtirilgan yangi bilimlar va yangicha yondashuvlar asosida tyutorlik faoliyatini olib borish bo‘yicha fikr va mulohazalar bildirildi. Seminarda qatnashib kelgan 2 nafar tajribali tyutorlar o‘zlarining qaynok taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Muhimi, seminar doirasida o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar bo‘yicha qolgan tyutorlarga maromiga yetkazib tushunchalar berildi.
скачать dle 12.1