Giyohvand moddalari, psixotrop va kuchli ta'sir qiluvchi moddalar iste'moliga qarshi kurash tadbiri o‘tkazildi
Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida giyohvand moddalari, psixotrop va kuchli ta'sir qiluvchi moddalari bo‘lgan preparatlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv departamenti, jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Matlyubov, favqulodda muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili A.Azgarov, Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari N.Abdullaev, boshqarma xodimi, podpolkovnik A.Aldjanov, filial rahbariyati va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Filial direktori Adilbay Esimbetov tadbir boshida so‘z olib, bugunning dolzarb mavzusi bo‘yicha o‘tkazilayotgan uchrashuvning ahamiyatiga to‘xtaldi.
Shundan so‘ng so‘zga chiqqanlar, bugungi kunda o‘smir yoshidagi bolalar va yoshlar har xil psixotrop va kuchli ta'sir qiluvchi moddalari bo‘lgan preparatlarni iste'mol qilayotganligi, bu holat esa borgan sari ommalashayotganligi hamda uning oldini olish va qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan zarur chora-tadbirlar haqida gapirib o‘tishdi. 2021 yildan buyon to bugungi kunga qadar ushbu illat domiga tushib qolayotgan yoshlar bo‘yicha statistik ma'lumotlar taqdim etildi. Tadbir davomida talaba-yoshlarga hayotiy hikoyalarga asoslangan videorolik qo‘yib berildi. Mutaxassislar tomonidan tinglovchilarga atroflicha ma'lumotlar berildi. Talaba-yoshlarga shu kabi zararli odatlardan yiroq bo‘lishi va ko‘prok kitob o‘qib, bilimlarini mustahkamlab borishlari tavsiya etildi. Filial talaba-yoshlari yurtimizda bugungi kunda yoshlarni aldov yo‘li bilan zaharlab, oson daromad topishni ko‘zlagan giyohvandlik vositalari va turli psixotroppreparatlar savdosi bilan shug‘ullanayotgan jinoiy guruhlarning jinoyatini fosh etish hamda ularning faoliyatiga chek quyish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.
скачать dle 12.1