Respublikamiz tumanlaridagi fermer xo‘jalik xodimlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi
Ma'lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda veterinariya va chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini jadal rivojlantirish, yirik loyihalarni amalga oshirish, sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning bilimlarini yanada mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilib, sohaning izchil rivojlanishiga zamin yaratib berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuv tashrifida veterinariya sohasida yetuk mutaxassisilarni tayyorlash va aholiga servis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab bergan edi. Ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Respublikamiz tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida faoliyat yuritayotgan, veterinariya diplomiga ega bo‘lmagan, lekin amaliy tajribaga ega xodimlar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘quv seminari tashkil etildi.
Tadbirni filial direktori A.Esimbetov kirish so‘zi bilan ochib berib, ushbu seminarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad haqida to‘xtaldi. Qo‘mita raisi M.Qaypanov so‘zga chiqib, o‘quv seminarining ahamiyati va kutilayotgan ijobiy natijalar xususida gapirdi. Tadbirga tumanlardan 100 dan ortiq tinglovchilar tashrif buyurdi. O‘quv seminarining ilk kunida tinglovchilarga ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha diretkor o‘rinbosari R.Turganbaev va qo‘mita raisi M.Qaypanov tomonidan «Respublikadagi chorvachilik sohasidagi dolzarb masalalar», «Chorva mollarini oziqlantirish texnologiyalari» mavzularida ma'ruza o‘tildi.
Ma'ruzachilar soha mutaxassislariga atroflicha ma'lumotlarni berib o‘tishdi. Olib borilgan muloqot davomida esa soha rivojiga bog‘liq muhim masalalar muhokama qilindi. Ushbu o‘quv seminari tasdiqlangan grafik asosida 1 hafta mobaynida olib boriladi. Ko‘zlangan asosiy maqsad, tumanlardagi fermer xo‘jaliklarida faoliyat yuritayotgan va mutaxassisligi bo‘yicha diplomga ega bo‘lmagan, lekin yaxshigina amaliy tajribaga ega bo‘lgan xodimlarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini yanada boytishdan iborat.
скачать dle 12.1