Psixolog 1-bosqich talabalariga mnemonika bo‘yicha seminar o‘tdi
Filialda tahsil olayotgan 1-bosqich talabalariga psixolog M.Allamuratova tomonidan mnemonika bo‘yicha seminar tashkil etildi. Talaba-yoshlarning xotirasini yanada mustahkamlash, esda saqlab qolishni oson usuli va qulay texnikalari bo‘yicha o‘tkazilgan seminar davomida ishtirokchilarga to‘laqonli ma'lumotlar berib o‘tildi.
Esda saqlab qolish qobiliyatini rivojlantirish, kerakli ma'lumotlarni xotirada qanday qilib saqlab qolish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Mnemonika usullari va uni amaliyotda qanday qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etildi.
1-bosqich talabalarida mavzu bo‘yicha to‘laqonli tushunchalar hosil bo‘lgach, ularning esda saqlab qolish qobiliyatini aniqlash va rivojlantirish maqsadida psixologik testlar olindi. Seminar a'lo kayfiyatda o‘tishini ta'minlash maqsadida esa qiziqarli psixologik mashqlar olib borildi. Mnemonika bo‘yicha o‘tkazilgan seminar talabalarda qiziqish uyg‘otdi. Shu bois, ular faol ishtirok etishdi.
скачать dle 12.1