Ezgu tashabbus doirasida filialda daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 11 oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha hududlarda kuzgi daraxt ekish ishlarini olib borish bo‘yicha topshiriqlar belgilab berilgan edi.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida filial binosi atrofiga daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlarini amalga oshirmoqda. Bugun barcha kafedra va bo‘limlar, xodimlar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar hamjihatlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida filial xududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borishdi. Tadbir davomida 200 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi. Filial xududi chiqindilardan tozalanib, obodonlashtirish ishlarida barcha birdek faollik ko‘rsatishdi.
—Yurtimiz bo‘ylab start olgan ushbu ezgu tashabbus ekologiyamizni barqarorlashtirishda, havoning tozaligini ta'minlashda va qalbimizni ezguliklarga burkashda muhim ahamiyat kasb etadi. Filial jamoasi ushbu aksiyada tashabbuskorlik bilan ishtirok etib, o‘z hissasini qo‘shishga bel bog‘ladi —deydi Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Seytkamalov. “Yashil makon” aksiyasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari jadal ravishda olib borildi. Filialda ushbu ezgu tashabbus doirasida obodonlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish davom etadi.
скачать dle 12.1