Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raislariga seminar tashkil etildi
Joriy yilning 27-28-oktabr kunlari Termiz davlat universitetida "Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash” mavzusida seminar tashkil etildi. Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu seminarda respublikamizdagi 150 oliy ta'lim muassasalaridan Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raislari ishtirok etishdi. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi G.Kazaxbaeva TerDUda ko‘tarinkilik bilan o‘tkazilgan seminarda qatnashdi. Axborot xizmati bilan bog‘lanib, taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:
— Seminar biz kutgandan ham a'lo darajada bo‘lib o‘tdi. Mavzu bo‘yicha chuqurfikr-mulohazalar bildirildi. 150 nafar ishtirokchi hamjihatlikda faol qatnashib, samimiy muloqot olib bordik. Bugun kechqurun Nukusga juda iliq taassurotlar bilan qaytamiz —deydi G.Kazaxbaeva. Seminar davomida dolzarb masalalar muhokama qilindi.
скачать dle 12.1