«Yosh chorvadorlar» to‘garagi a'zolari asal mahsulotlari bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘lishdi
«Zooinjeneriya» kafedrasida faoliyat olib borayotgan «Yosh chorvadorlar» to‘garagida talaba-yoshlar har tomonlama bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda. Yaqinda to‘garak a'zolariga asal mahsulotlarining inson salomatligiga foydasi va uning shifobahsh xususiyatlari mavzusida keng tushunchalar berildi.
Kafedra mudiri X.Mamatov tomonidan asalning turli xil tabiiy turlari keltirilib, talabalarga tegishli ma'lumotlar taqdim etildi. To‘garak faoliyatini o‘rganish maqsadida tashrif buyurgan filial direktori Adilbay Esimbetov, direktor o‘rinbosarlari R.Turganbaev, Q.Atanazarov va boshqa qiziquvchilar jarayonni kuzatib, qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi va asal ta'mini tatib ko‘rib, baho berishdi.
— To‘garak a'zolari bilan yaqindan muloqot olib borib, ularning qiziqishlarini o‘rgandim. Talabalarga nafaqat nazariy, balkim, amaliy bilimlarni ham berib borish zarur. Asal haqida umumiy va quruq ma'lumotlarni keltirib o‘tgandan ko‘ra, mahsulotni olib kelib, ularga ko‘rsatish orqali aniq tushunchalarni hosil qilishga erishamiz —deydi kafedra mudiri X.Mamatov. Talaba-yoshlar keltirilgan asal turlariga katta qiziqish bildirib, darsga faol ishtirok etishdi. To‘garak a'zolariga har tomonlama batafsil tushunchalar berib o‘tildi.
скачать dle 12.1