“O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida badiiy kecha o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida badiiy kecha tashkil etildi.
Tadbir boshida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi. Filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etgan tadbir boshida filial direktori Adilbay Esimbetov so‘z olib, Ona tilimiz jamiyatimiz rivoji hamda mamlakat taraqqiyotida katta o‘rin egallashi, jonajon ona tilimizsiz millat kelajagini tasavvur ham etib bo‘lmasligi, unda barcha milliy qadriyatlarimiz, millat ruhi va boy tarixi aks etishi haqida gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng «Iqtisodiyat va gumanitar fanlar» kafedrasi o‘qituvchisi I.Xalmuratov nutq so‘zlab, so‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida to‘xtaldi. Badiiy kecha filial yoshlarining «Qarekenshe onlayn» jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi. O‘zbek tilining haqiqiy jozibasini o‘zida namoyon etuvchi teran ma'noga ega she'rlar, milliy tilimizni madh etuvchi yoqimli kuy-qo‘shiqlar, o‘zbek mumtoz adabiyotiga va ona tilimizning rivojiga o‘zining katta hissalariniqo‘shgan yirik namoyondalari talqinida tilimizning sofligini asrashga chorlovchi ibratli sahnali ko‘rinishlar kechana yanada fayz bag‘ishladi. Iqtidorli talabalarning ajoyib ijrosi zalda o‘tirganlarning qarsaklariga sazovar bo‘lishdi.Ona tilimizni ulug‘lash, uning jozibasi va tarovatini yosh avlodga yetkazish, til sofligiga alohida e'tibor qaratish va ulug‘ sanani munosib nishonlash maqsadida tashkil etilgan bayram kechasi ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. скачать dle 12.1