Talaba-qizlar bilan maslahat kuni doirasida davra suhbati o‘tkazildi
Filialda tahsil olayotgan talaba-qizlar ishtirokida Xotin-qizlar orasida psixologik va huquqiy maslahat kuni doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi G.Kazaxbaeva, filial psixologi M.Allamuratova, filial ilmiy kengashi kotibi G.Eshmuratova, «Veterinariya va zooinjeneriya» fakultetining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Dauletova hamda talaba-qizlar qatnashdi.
Tadbirda so‘z olganlar, bugungi kunda yoshlar orasida ko‘plab uchrayotgan erta turmush qurish va yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, yosh qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi. Suhbat davomida qizlarga qabul qilingan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning XIV bob 76-moddasida oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini etib belgilanganligi, nikoh nikohlanuvchilarning roziligi va teng huquqliligiga asoslanganligi haqida keng tushunchalar berib o‘tildi. So‘nggi yillarda yurtimizda qayd etilayotgan ajrimlarning soni bo‘yicha statistik ma'lumotlar berilib, buning oqibatida norasida go‘daklar yetim bo‘lib qolayotganligi achinarli holat ekanligi uqtirildi. Suhbat ishtirokchilari ham so‘zga chiqib, ko‘tarilgan mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi. Mazmunli tarzda kechgan suhbat filial talabalarida hayot va turmush haqida tushunchalarni shakllantirdi.
скачать dle 12.1