Psixolog TTJdagi talabalarga trening o‘tdi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali psixologi M.Allamuratova talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan trening olib bordi.
Yotoqxonada sog‘lom psixologik muhit yaratish, talabalarning bo‘sh vaqtlarini maqsadli sarflashi uchun ko‘maklashish va ularning psixologik holatini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan treningda talabalar turar joyida yashaydigan 1-bosqich talabalari ishtirok etishdi. M.Allamuratova dastlab, trening ishtirokchilari bilan yaqindan tanishish va psixologik portretini yaratish uchun ular bilan samimiy muloqot olib bordi. Trening davomida psixologik testlar o‘tkazildi.
Talabalar bilan qiziqarli psixologik mashg‘ulotlar olib borildi. Ularning erkin bo‘lishi va fikrlarini aniq bildirishlari uchun qulay muhit yaratildi. O‘z o‘rnida ishtirokchilar ham faol bo‘lishga urindi. Talabalarning ijtimoiy hayotga moslashuvi, o‘qituvchilar va do‘stlari bilan xolis munosabatlarni shakllantirish, fikrlash qobiliyatini yanada kengaytirish hamda darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini tashkil etishda shu kabi psixologik treninglar muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalar turar joyida filial psixologi tomonidan o‘tkazilgan trening qiziqarli va mazmunli bo‘lib o‘tdi. Talabalar ijobiy taassurotlarni olishdi.
Axborot xizmatiскачать dle 12.1