Talabalarga yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tushunchalar berildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi xizmati, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektori, leytenant A.Eshniyazov va safdor T.Utemuratovlar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialiga kelib, talaba-yoshlarga yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha targ‘ibot tadbirini olib bordi. Unda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Seytkamalov, profilaktika inspektori, katta leytenant Q.Qaypnazarov va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. A.Seytkamalov kirish so‘zi bilan tadbirni ochib berdi.
Tashrif buyurganlar so‘zga chiqib, bugungi kunda yo‘l-transport hodisalarini sodir etish holati juda ko‘plab uchrayotganligi va uning oldini olish bo‘yicha mas'ullar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, yo‘l-transport qoidalariga amal qilishi haqida to‘xtaldi. Ko‘plab haydovchilar o‘z zimmasidagi mas'uliyatni his qilmagan holda, insonlarning taqdiri ayanchli yakun topishiga sabab bo‘layotganligi, afsuski, qars ikki qo‘ldan chiqadi deganlaridek, piyodalarning ham qoidalarga bepisand qarab amal qilmasligi haqida ko‘plab misollar keltirildi. Yurtimizda joriy yilda qancha yo‘l-transport hodisalari sodir etilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlar berildi. Ushbu hodisalarning sabablari tahlil qilindi.
Yo‘l qoidalarini buzganlarga qanday jarimalar belgilanganligi ma'lumot sifatida aytib o‘tildi. Talaba-yoshlarga tadbir davomida mutaxassislar tomonidan mavzu doirasida zarur ma'lumotlar taqdim etildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Yoshlarga yo‘l-transport qoidalariga qat'iy amal qilish tavsiya qilindi.
скачать dle 12.1