Filial professori talabalarga ochiq ma'ruza o‘tdi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Turganbaev Ruzimbay Urazbaevich talabalarga ochiq ma'ruza o‘tdi. «Ozuqalar tasnifi, kimyoviy tarkibi va to‘yimliligiga ta'sir etuvchi omillar» mavzusida olib borilgan ma'ruza mashg‘uloti davomida talabalarga ozuqalarning turlari, uning kimyoviy tarkibi, mineral modda va vitaminlar, olinadigan oziqlarning qanday shaklda sinflarga bo‘linishi xususida to‘laqonli ma'lumotlar berildi.
— Biz auditoriya va talabalardan energiya olamiz. Dars davomida yoshlar bilan samimiy muloqot qilar ekanmiz, ularning ko‘zlaridagi bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqni ko‘rib juda mamnun bo‘lamiz. Bilimlarni puxta egallagan talabalarga katta ishonch bildirsak, arziydi — deydi R.Turganbaev.
Professor tomonidan tashkil etilgan ma'ruza talaba-yoshlarda qiziqish uyg‘otdi. Tinglovchilarga qishloq xo‘jaligi hayvonlaridan olinadigan mahsulotning sifatli bo‘lishida ozuqa to‘yimliligi muhim ahamiyatga ega ekanligi, ularni yaxshi tuzilgan ratsion asosida oziqlantirish zarur ekanligi aytib o‘tildi. Dars davomida talabalarga mavzu bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
скачать dle 12.1