3-bosqich talabalari ishlab chiqarish amaliyotiga yuborildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali «Veterinariya va zooinjeneriya» fakultetining 3-bosqich talabalari ishlab chiqarish amaliyotiga yuborildi. Ma'lumki, filialda tahsil olayotgan talaba-yoshlarning nazariy bilim bilan birga amaliy bilimlarga ega bo‘lishiga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda.
Talabalar mutaxassisligi bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari va fermer xo‘jaliklariga borib, amaliyot o‘tashadi va shu orqali amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi. Joriy yilning 3 oktyabr sanasidan boshlab barcha 3-bosqich talabalari joylarga ishlab chiqarish amaliyotiga yuborildi. — Har yili o‘quv dasturi rejasi asosida talabalarni amaliyot o‘tashga yuboramiz. Shu davr mobaynida ularning amaliy bilim va tajribalari ortib, samarali natijani ko‘rsatishga intiladilar.
Bizga ham aynan shunday ijobiy natijalar kerak — deydi fakultet dekani Amaniyaz Kaniyazov. Uning ta'kidlashicha, uchinshi kurs talabalari 1 oy davomida ishlab chiqarish amaliyotini o‘taydilar. Ularga amaliyot rahbarlari biriktirildi. Viloyat va tumanlarda istiqomat qiladigan talaba-yoshlar o‘zlari yashaydigan xududidagi veterinariya bo‘limlari va fermer xo‘jaliklarida amaliyot o‘tashadi.
Axborot xizmati
скачать dle 12.1