Direktor talabalarga ma'ruza o‘tdi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali direktori, biologiya fanlari doktori, dosent Esimbetov Adilbay Tlepovich «Veterinariya va zooinjeneriya» fakultetida tahsil olayotgan 2-bosqich talabalariga «Hayvonlar fiziologiyasi fani va uning rivojlanish tarixi» mavzusida ma’ruza o‘tdi.
Ma’ruza davomida fanning rivojlanish bosqichlari, fiziologik tadqiqot usullari, organizm va tashqi muhit bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi. Savol-javob shaklida olib borilgan ma’ruza davomida mavzu keng yoritib berildi.
Talaba-yoshlarga aniq tushunchalar berish uchun oddiy va qiziqarli misolllar tariqasida kerakli ma'lumotlar berildi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berib, dars davomida o‘z tajribalari bilan ham o‘rtoqlashdi. Oliy taʼlim muassasalar rahbarlari tomonidan tashkil etiladigan shu singari ma'ruzalar yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashi bilan birga ularga motivasiya ham bag‘ishlaydi.
— Talabalarga dars o‘tish jarayonida ular bilan yanada yaqindan muloqot qilish imkoniga ega bo‘laman. Shu orqali yoshlarning fikrlashini va bugunning talabalari o‘qituvchiga qanday talab qo‘yishi va qanday bilim olishini o‘rganib, tahlil qilishga intilaman —deydi A.Esimbetov. Filial direktori tomonidan o‘tkazilgan ochiq ma'ruza talaba-yoshlarda ijobiy taassurotlarni qoldirdi. Ularga mavzu bo‘yicha to‘laqonli ma'lumotlar berildi.
скачать dle 12.1