Q.Panaev: Biznesda ilm va mehnat kerak
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi chorvachilik assosiasiyasi rahbari Qutlimurat Panaev tashrif buyurib, talaba-yoshlar bilan muloqot olib bordi. Tadbir boshida filial direktori Adilbay Esimbetov so‘z olib, tashrif buyurgan mehmonni yig‘ilganlarga tanishtirib o‘tdi. Q.Panaev muloqot davomida filialda tahsil olayotgan talaba-yoshlarga veterinariya va chorvachilik sohasi bugun juda zamonaviylashib borayotganligi va shunga yarasha kadrlarga ham talab ortib borayotganligi, chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha gapirib o‘tdi.
“PanaevFarms” chorvachilik korxonasi faoliyati, u yerda parvarish qilinayotgan qoramollarning nasli va qaysi davlatlardan keltirilganligi xususida atroflicha ma'lumotlarni berib o‘tdi. — Biznesda ilm va mehnat kerak. Har ikkalasining uyg‘unligi o‘zining samarali natijasini beradi—deydi Q.Panaev. Shuningdek, o‘z mutaxassisligini yaxshi o‘zlashtirib kelayotgan talaba-yoshlarga ish va yaxshi maosh berishni taklif qildi. Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi doirasida yuqori kayfiyatda o‘tkazilgan muloqot filial talabalariga yaxshi motivasiya bag‘ishladi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan tegishli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi. Kelgusida shu singari ochiq muloqotlar tashkil etib borilishiga kelishib olindi.
скачать dle 12.1