O‘qituvchilar kuni munosabati bilan "Zakovat Quiz" intellektual o'yini tashkil etildi
1 oktyabr— O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida "Zakovat Quiz" intellektual o'yini tashkil etildi. Kasb bayrami arafasida o‘qituvchilarga a'lo kayfiyat ulashish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan ushbu o‘yinda professor-o‘qituvchilar va xodimlardan tarkib topgan jami 5 ta jamoa qatnashdi.
O‘yin davomidabir biridan qiziqarli mantiqiy savollarberildi. Jamoalar hamjihatlikda aql-zakovatini ishga solishdi. Bayram munosabati bilan o‘tkazilgan "Zakovat Quiz" intellektual o'yini natijalariga ko‘ra, 3-o‘rin filial xodimlaridan tashkil topgan «Ziyolilar» jamoasi, 2-o‘rinni «Hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi va biokimyosi» kafedrasining «G‘alaba» o‘qituvchilar jamoasi egalladi. Tyutorlardan tashkil topgan «Oks» jamoasi esa o‘yinning mutloq g‘olibi bo‘lishdi. Taqdirlash marosimiga filial direktori Adilbay Esimbetov tashrif buyurib, barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdi. G‘olib bo‘lgan jamolarga diplom va sovg‘a topshirildi.
скачать dle 12.1