Direktor va professor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish bo’yicha uchrashuvi…
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali direktori Adilbay Esimbetovning 2023 yil 23 sentabrda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi xodimlari, fakultet dekani, kafedra mudirlari hamda professor o’qituvchilar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Ushrashuv davomida Filialning ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ilmiy-innovatsion faoliyatni boshqarish va tashkillashtirishning nazariy va amaliy jihatlariga yanada e’tibor qaratish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda fan va taʼlim integratsiyasini kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida natijadorlikni oshirish, bu boradagi ishlarni samarali tashkillashtirish va eng muhimi mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish yuzasidan fikr almashildi.
Filial ilmiy salohiyatini oshirish bo'yiсha yo’l xaritalarini fakultetlar va kafedralar kesimida yana bir bor tanqidiy ko‘rib chiqish zarurligi qayd etildi hamda bu borada olib borilayotgan ishlar bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilariga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha topshiriq va tavsiyalar berildi:
1. Kafedralar ilmiy salohiyatini oshirish;
2. Kafedralarda ilmiy-pedagogik faoliyat olib borayotgan yosh olimlar, assistent va stajyor o’qituvshilarning dissertatsiya (PhD) mavzularini tanlash, ilmiy rahbarlarini tayinlash hamda Filial Kengashida tasdiqlash;
3. O’quv va uslubiy qo’llanmalar, ishlab shiqarishga tavsiyalar, Respublika (OAK tavsiya qilgan jurnallar) va Xalqaro miqyosidagi ilmiy jurnallar (Scopus, WoS jurnallari) hamda anjumanlarda maqolalar nashr qilinishini jadallashtirish;
4. Filialda ilmiy tadqiqotlarini olib borayotgan yosh olimlar, professor o’qituvchilar, tayanch doktorantlar, magistrlar va iqtidorli talabalar uchun “Ilmiy maqola qanday yoziladi?”, “Xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar nashr qilish”, “Olimlar uchun eng foydali naukometrik saytlar va ulardan foydalanish” bo’yicha seminar treninglar o’tkazish.
5. Ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanuvchi va ilmiy-pedagogik faoliyatida yuqori natijalarni ko’rsatayotgan professor o’qituvchilarni rag’batlantirish maqsadida “Eng yaxshi professor”, “Eng yaxshi dotsent”, “Eng yaxshi yosh olim”, “Eng yaxshi ilmiy ish”, “Eng yaxshi ilmiy maqola” kabi tanlovlar o’tkazish.
Ushrashuvda kun tartibidagi yana bir qator masalalar ham muhokama etildi. Uchrashuv yakunida fakultet dekani, kafedra mudirlari va professor o’qituvchilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i A.Mambetnazarov скачать dle 12.1