Ota-onalar kongressi o’tkazildi.
Joriy yilning 13-sentyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 1-kurs talabalari ota-onalari ishtirokida «Ota-onalar kongressi» o’tkazildi.
Tadbirni filial direktori A.Esimbetov kirish so’z bilan ochdi va birinchi navbatda uchrashuvga kelgan ota-onalarni farzandlarining talaba bo’lishdek baxtiga miyassar bo’lganligi bilan chin dildan tabrikladi.
Filialda talabalar uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar bilan keng turda tanishtirib, Prezidentimiz tomonidan talaba-yoshlarga yaratilib kelayotgan imkoniyatlar to’g’risida batafsil aytib ma’lumot berdilar.
Bundan so’ng direktor maslahatchisi Z.Saparbaev so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligi, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziriligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2023 yil 23-iyundagi tasdiqlangan qo’shma qaroriga asoslanib, filialda ishlab chiqilgan «Odob-axloq kodeksi» mazmun-mohiyati bilan to’liq tanishtirib, talaba-yoshlarning kiyinish madaniyati, tartib-intizomi, g’ayri odatiy kiyinib kelishlarining oldini olishda ota-onalar bilan birgalikda ishlashish, kelajagimiz bo’lgan yoshlarning to’g’ri ta’lim-tarbiya olishida o’z samarasini beradiganligini aytib o’tdi.
Tadbir davomida so’zga chiqqan direktor o’rinbosarlari o’quv jarayoni, talabalarning ilmiy ishlar bilan shug’ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida aytib, so’zga chiqqan ota-onalarda filial rahbariyatiga va jamoatiga katta tashakkur bildirib, farzandlarining bilimli, o’z kasbiga yetuk professor-o’qituvchilardan ta’lim olishiga ishonch bildirdilar.
Shuningdek, uchrashuvga kelgan ota-onalar filialda talabalarning nazariy bilim olishi bilan amaliyatda o’rganishi uchun yaratilgan laboratoriya kabinetlari, auditoriyalar, kitob o’qish zallari va talabalar turar joyi bilan to’liq tanishib, o’zlarini qiziqtirgan so’rovlarga aniq javoblar oldi.
Filialda tashkillashtirilgan «Ota-onalar kongressi» uchrashuvi ota-onalarda katta taassurot qoldirdilar.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi скачать dle 12.1