«Yong’indan ogohlik» umummilliy kampaniyasi tadbirlari o’tkazildi.
«Yong’indan ogohlik» umummilliy kampaniyasi tadbirlari o’tkazildi.
Shu yilning 8-sentyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida tegishli soha xodimlari bilan «Yong’indan ogohlik» umummilliy kampaniyasi tadbirlari o’tkazildi.
Tadbirni filial direktor o’rinbosari Q.Atanazarov ochdi va kelgan mehmonlar Nukus shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i o’rinbosari, mayor Q.Ametov, Nukus shahar FVB 1-YoQQ boshlig’i, mayor S.Ruzimovlar bilan tanishtirib o’tdilar.
Tadbirda soha xodimlari filialda tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan birgalikda «Oddiydan murakkabga» tamoiyli asosida interfaol usullardan foydalangan holda «Olov ham do’st, ham dushman» mavzusida nazariy mashg’ulotlar o’tkazildi, yong’in havfsizligi qoida va talablariga rioya qilish, elektr va gaz qurilmalaridan to’g’ri, havfsiz foydalanish tartibini o’rgatish, yong’in vaqtida to’g’ri harakatlanish tartibi, yong’indan o’z-o’zini qutqarish va atrofdagilarga yordam ko’rsatish bo’yicha amaliy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish, talaba-yoshlarning is gazidan zaharlanishi, gaz havo aralashmasi chaqnashining oldini olish, shuningdek, jabrlanganlarga birinchi yordam ko’rsatish bo’yicha tushuntirish ishlarini olib bordilar.
Shuningdek, qutqarish mashinalari va uskanalari bilan tadbir ishtirokchilarini yaqindan tanishtirib, talaba-yoshlarning ijarada turishda xonadan egalaridan isitish qazoni dudburonlarini ko’z-qish mavzumidan oldin tozalatish, qulbola isitish qazonlarini 2-konturli isitish qazonlariga almashtirish choralarini ko’rishni talab qilish bo’yicha ham batafsil tushuntirdilar.
Filial professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlar o’zlari qiziqtirgan so’rovlarga jabovlar oldilar.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi.
скачать dle 12.1