SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALISamarqandta «Oziq-ovqat xavfsizligi» xalqaro konferensiya bo’lib o’tmoqda! » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Samarqandta «Oziq-ovqat xavfsizligi» xalqaro konferensiya bo’lib o’tmoqda!
Samarqandta «Oziq-ovqat xavfsizligi» xalqaro konferensiya bo’lib o’tmoqda!
Samarqandta «Oziq-ovqat xavfsizligi»ga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo’lib o’tmoqda! O‘zbekiston hukumati tomonidan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning texnik ko‘magida tashkil etilgan mazkur konferensiya 7–8 sentyabr kunlari davom etadi. Tadbirda15 ta mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirlari, 8 mamlakatdan vazir o‘rinbosarlari, 13 mamlakatning yuqori darajadagi diplomatlari va 30 dan ziyod xalqaro hamda ilmiy tashkilotlar, shuningdek moliya institutlari vakillari ishtirok etmoqda. Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya qatnashchilariga yo‘llagan murojaatini Bosh vazir Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi. Mazkur xalqaro konferensiyada Filiali rahbariyati ham faol ishtirok etmoqda va shuningdek, Rossiya fanlar akademiyasi huzuridagi «Biotexnologiyaning asosiy asoslari» federal tadqiqot markazi va Litvaning Kaunas shahridagi Vitautas Magnus universiteti bilan hamkorlik shartnomalari va memorondumlari imzolandi. Bu xalqaro anjuman asosan, O‘zbekistonning tashabbusi hisoblanib, Respublikamizning oxirgi yillarda erishgan yutuqlarini, oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi tajribalarini xalqaro hamjamiyat bilan ulashish maqsad qilingan. Shu bilan bir qatorda konferensiyada 8 ta global mintaqaviy xarakterga ega bo‘lgan tashabbuslar ilgari surilmoqda. Eng birinchi tashabbuslardan biri bu oziq-ovqat xavfsizligi, suv va iqlim o’zgarishi muammosi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi umumiy suv resurslarimizning qariyb 90 foizi qishloq xo‘jaligida foydalaniladi.