Filialga Qozog‘istonlik professor tashrif buyurdi
Filialda O'zbekston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-187-sonli qarori 3-qo'shimchasi 11.2-bandining ijrosini ta'minlash maqsadida xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda.
Jumladan, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali Veterinariya va chorvachilik sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy loyihalarni amalga oshirish maqsadida Qozog‘iston Respublikasining “QS World University Rankings” 500 taligiga kiradigan Qozoq milliy agrar tadqiqot universiteti bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnomasi asosida ushbu oliy o‘quv yurtining «Akusherlik, jarrohlik va reproduktiv biotexnologiya» kafedrasi professori, biologiya fanlari nomzodi Usenbekov Esengali Serikovichning AR-196748088-“Sozdanie geneticheskix pasportov i izuchnie genetiki lokalnix Kazaxstanskix porod krupnogo rogatogo skota s ispolzovaniem sekvenirovaniya” amaliy loyihasida hamkorlikda ishlar olib borish maqsadida filialning professor-o'qituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va magistrantlari bilan hamkorlikda seminar-trening bo’lib o’tdi.
Seminar-treningda tayanch OTM Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali professor-o'qituvchilari, tayanch doktorantlari ham onlayn tarizda ishtirok etdi.
Qozoq milliy agrar tadqiqot universiteti professori, biologiya fanlari nomzodi E.Usenbekov bilan filial professor-o’qiruvchilari va tayanch doktorantlari hamkorlikda ilmiy-tadqiaqot loyihalarini amalga osirish va ularda ishtirok etishi muhokama qilindi.
скачать dle 12.1