SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALITadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga! » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublikada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori qa bul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan. Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga! O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublikada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori qa bul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialiga xususiy tashabbuskor “Argonya” xususiy korxonasi tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining (0.5 gektar) hududida 400 o’ringa mo’ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan. Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-son “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi. Ilova qilinayotgan hujjatlar: 1) Loyiha konsepsiyasi 2) Loyiha haqida ma’lumot Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar 2023-yil 8-sentyabrga qadar “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali manzili: 230102 Qoraqalpog'iston respublikasi, Nukus shahri, Utepov ko'chasi 31-uy.
E-mail: samvminf@edu.uz, Telefon raqami: 0(361) 224 74 80; Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi manzili: 100095 Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 7-uy.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi manzili: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol, 29-uy.
E-mail: dxsh@imv.uz, Tel. raqami: 71 239-15-69, 239-12-52. “DXSH to’g’risida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o’tkaziladi.