2023-2024 o‘quv yilida filialga hujjat topshirish uchun yo‘nalishlar belgilandi.
2023-2024 o‘quv yilida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialiga hujjat topshirish uchun yo‘nalishlar belgilandi.
Unga ko‘ra, filialga 2023-2024 o‘quv yilida bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakli uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar topshiriladi:
•Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida) — jami 25 o‘rin, shundan 10 nafari grant, 15 nafari to‘lov-kontrakt asosida;
•Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha) — jami 50 o‘rin, shundan 20 nafari grant, 30 nafari to‘lov-kontrakt asosida;
•Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha) — jami 75 o‘rin, shundan 30 nafari grant, 46 nafari to‘lov-kontrakt asosida;
•Agronomiya (em-xashak ekinlari) — jami 50 o‘rin, shundan 15 nafari grant, 35 nafari to‘lov-kontrakt asosida;
•Buxgalteriya hisobi va audit— jami 25 o‘rin, shundan 10 nafari grant, 15 nafari to‘lov-kontrakt asosida;
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha filialga jami 225 nafar talaba qabul qilinadi.
Bakalavriatning sirtqi ta'lim shakli uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar topshiriladi:
•Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha) — jami 25 o‘rin;
•Veterinariya farmasevtikasi— jami 25 o‘rin.
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha filialga jami 50 nafar talaba qabul qilinadi
Magistratura bo‘limiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar topshiriladi:
•Chorvachilik— jami 10 o‘rin, shundan 2 nafari grant, 8 nafari to‘lov-kontrakt asosida;
•Hayvonlarning parazitar va yuqumli kasalliklari— jami 8 o‘rin, shundan 2 nafari grant, 6 nafari to‘lov-kontrakt asosida;
•Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi— jami 4 o‘rin, shundan 2 nafari grant, 2 nafari to‘lov-kontrakt asosida;
•Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi va immunologiyasi— jami 10 o‘rin, shundan 4 nafari grant, 6 nafari to‘lov-kontrakt asosida.
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha filialga jami 32 nafar talaba qabul qilinadi.
Qo‘shimcha savollar bo‘yicha filialda tashkil etilgan Call-center raqamlariga +99861 224-73-03, +99861 224-74-80, +99894 628-25-85, +99891 301-88-83, +99899 111-25-92 murojaat qilishingiz mumkin va rasmiy veb-saytimiz orqali ma'lumotlar bilan tanishib borishingiz mumkin.

Axborot xizmati скачать dle 12.1