Filialda “Call-center”faoliyati tashkil etildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 2023-2024 o‘quv yili qabul jarayonlari bo‘yicha abiturientlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollariga va murojaatlarga tezkor javob berish hamda kerakli ma'lumotlarni taqdim etib borish maqsadida “Call-center”faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
“Call-center” orqali hujjatlar qabuli jarayoni bo‘yicha zarur bo‘lgan ma'lumotlar bilan muntazam ravishda tanishib borish imkoniyati yaratildi. Murojaatlarga javob berish maqsadida tashkil etilgan mazkur xizmat turidan barcha abiturientlar va ularning ota-onalari foydalanishlari mumkin.
Qabul jarayoniga oid savollarga hamda murojaatlarga “Call-center” orqali batafsil javob olishingiz mumkin!
Quyidagi telefon raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
☎️ +99861 224-73-03
☎️ +99861 224-74-80
☎️ +99894 628-25-85
☎️ +99891 301-88-83
☎️ +99899 111-25-92
“Call-center”ning ish rejimi:
Soat 8:00 dan 18:00 gacha
2023-2024 o‘quv yili qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlarni rasmiy veb-saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Axborot xizmati
скачать dle 12.1