Bugun yakuniy davlat attestasiya imtihonlarini topshirish jarayoni davom etdi
Kecha xabar berganimizdek, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida bitiruvchi bosqich talabalarining yakuniy davlat attestasiya imtihonlarini topshirish jarayoni boshlandi.
Bugun ushbu jarayonning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Veterinariya meditsinasi yo‘nalishining 7 nafar talabasi 4 yil davomida ustozlaridan olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Ya'ni, mutaxassislik fanlari bo‘yicha yakuniy davlat attestasiya imtihonlarini topshirdi. Davlat attestasiya komissiya a'zolari tomonidan ijobiy baholanib bordi. Ertadan boshlab veterinariya meditsinasi yo‘nalishi talabalarining bitiruv malakaviy ishini himoya qilish jarayoni boshlanadi. Ma'lumot o‘rnida, joriy yil mazkur mutaxassislik bo‘yicha jami 27 nafar talaba o‘qishni tamomlab, diplomga ega bo‘lishadi.
скачать dle 12.1