Bitiruvchi bosqich talabalari yakuniy davlat attestasiya imtihonlarini topshirdi
Joriy yil 12 iyun kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali Veterinariya yo‘nalishining bitiruvchi bosqich talabalari mutaxassislik fanlari bo‘yicha yakuniy davlat attestasiya imtihonlarini topshirdi. 15 nafar bitiruvchi bosqich talabasi uchun bugun hayojonli va taassurotlarga boy kun bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Imtihon jarayonlari adolatli va ochiq-oydin tarzda olib borildi va talabalar Davlat attestasiya komissiya a'zolari tomonidan xolisona baholandi.
—Bugundan boshlab komissiya a'zolari o‘z ishini boshladi—deydi Veterinariya va zooinjeneriya fakulteti dekani A.Kaniyazov—Imtihonlar belgilangan tartib-qoidalar asosida tashkil etilishiga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz. Mana shu tartibda bitiruvchilarning yakuniy davlat attestasiya imtihonlarini topshirish va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish jarayoni belgilangan grafik asosida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Talabalar 4 yil mobaynida o‘zlashtirgan bilimlariga tayanib bugungi imtihonni muvvafaqiyatli tarzda topshirib oldi. Imtihon jarayonlarini shaffof va adolatli o‘tkazilishini ta'minlash maqsadida ushbu jarayonni jonli efir orqali ko‘rish va onlayn tarzda kuzatish imkoni yaratildi.
скачать dle 12.1