SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALIBitiruvchi bosqich talabalarining bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Bitiruvchi bosqich talabalarining bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda
Bitiruvchi bosqich talabalarining bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda
Ma'lumki, mamlakatimizda so‘nggi yillarda yoshlarning sifatli ta'lim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, ayniqsa, oliygohlarda tahsil olayotgan bitiruvchi bosqich talabalarining bandligini ta'minlash va ish o‘rinlarini yaratib berish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ham mazkur masalaga alohida yondashilib, samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bugun filial majlislar zalida talabalarni ishga joylashtirish bo‘yicha taqsimot tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi M.Qaypanov, qo‘mitaning shahar va tuman bo‘limlari rahbar va mutaxassislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Chorvanasl” markazi, korxona va fermer xo‘jaliklari rahbarlari, filial professor o‘qituvchilari va talaba yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar, mamlakatimizda veterinariya va chorvachilik sohasiga katta e'tibor qaratilayotganligi va sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirib kelinayotganligi, o‘z o‘rnida malakali mutaxssislarga talabning ham ortib borayotganligi haqida gapirib o‘tdi.
– Joriy yilda filialimizni 3 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 75 nafar talaba tamomlaydi. Shundan bugungi kunga qadar 12 nafari veterinariya bo‘limlari va fermer xo‘jaliklarga ishga joylashgan. Taqsimot tadbiri davomida qolgan talabalarning ham ishga joylashishi bo‘yicha tashrif buyurgan ish beruvchilar bilan kelishuvga erishildi–deydi Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i D.Kaniyazov.
Qo‘mita raisi M.Qaypanov talabalar bilan samimiy suhbat olib borar ekan, o‘zining ish tajribasi va uchragan qiyinchiliklarni sabr bilan yengib o‘tganligi haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi va bo‘lajak mutaxassislarga foydali tavsiyalarni aytib o‘tdi. Bitiruvchi bosqich talabalari bilan olib borilgan muloqot davomida ularning ham fikr va mulohazalari hamda takliflari tinglandi. Ko‘zlangan asosiy maqsad– filialda tahsil olayotgan talaba-yoshlarning bandligini ta'minlash va ishga joylashishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish. Shu orqali veterinariya va chorvachilik sohasi rivojiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘sha oladigan yetuk bilimga ega va zamonaviy kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Bugungi tadbir doirasida mazkur masalalar bo‘yicha atroflicha fikr va mulohozalar bildirib o‘tildi.