Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi
Joriy yilning 2 iyun kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va Mehnat kodeksining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston kasba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi O.Urazbaev, Nukus shahar Agrosanoat majmuasi xodimlari kasba uyushma Kengashi bosh hisobchisi A.Nurishova, kasaba uyushmasi qo‘mitasi boshlig‘i G.Kazaxbaeva, filial professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etishdi.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Q.Atanazarov uchrashuvni ochib berdi. Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi xalqimiz tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar va istagi asosida qabul qilinganligi, Yangilangan Bosh qomusimizda fuqarolarning huquqlari yanada mustahkamlanib, qonunlarimiz takomillashtirilganligi, shuningdek, yangi taxrirdagi Mehnat kodeksida belgilangan asosiy prinsiplar haqida to‘htaldi. Ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi ta'kidlab o‘tildi.
Uchrashuv ishtirokchilariga yangi taxrirdagi Mehnat kodeksi bo‘yicha atroflicha ma'lumotlar berib o‘tildi. Filial xodimlari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan to‘laqonli javoblarin olishdi. Tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan keng tushunchalar berib o‘tildi. Filial xodimlari yangi qabul qilingan Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha zarur tushunchalarga ega bo‘lishdi.
скачать dle 12.1