SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALIZooinjeneriya kafedrasi o‘qituvchilari asalarichilik bo‘yicha davra suhbatida ishtirok etdi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Zooinjeneriya kafedrasi o‘qituvchilari asalarichilik bo‘yicha davra suhbatida ishtirok etdi
Zooinjeneriya kafedrasi o‘qituvchilari asalarichilik bo‘yicha davra suhbatida ishtirok etdi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturining Nukusdagi loyiha ofisida «Zamonaviy asalarichilikning dolzarb masalalari» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. AKIS qishloq xo‘jaligi vakillari, xalqaro ekspertlar, Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Qozog‘iston Respublikasi Asalarichilar uyushmasi a'zolari ishtirokida o‘tkazilgan ushbu davra suhbatida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining «Zooinjeneriya» kafedrasi o‘qituvchilari A.Mambetnazarov, K.Kojambergenova va S.Abuovlar ham qatnashdi.
Asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha tashkil etilgan davra suhbati davomida Qoraqalpog‘istonda asalarichilikni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish orqali sohada ilg‘or tajribalarni joriy etish, asalarichilik xo‘jaliklari faoliyatini yaqindan o‘rganib, asal mahsulotlari yetishtirishning unumdorligini oshirib. uning turlarini ko‘paytirish bo‘yicha taklif va mulohozalar bildirildi.
Xalqaro ekspertlar asalarichilik bilan shug‘ullanayotganlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini boyitish va o‘z tajribalarini o‘rtoqlashish hamda bu orqali ularning mo‘may daromad topishiga ko‘maklashishga tayyor ekanligini bildirdi. Shuningdek, soha bo‘yicha manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif kiritildi. Davra suhbati davomida filial o‘qituvchilari tomonidan ham mavzu bo‘yicha fikr-mulohozalar bildirildi. Olib borilgan muloqot davomida asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi. Respublika xududida asalarichilikni rivojlantirish orqali kelgusida samarali natijalarga erishish imkoniyati oshishi alohida ta'kidlandi.