Filialning voleybolchi qizlari Direktor kubogi sohibasiga aylandi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha «Direktor kubogi» musobaqasi o‘tkazildi.
Filialda tahsil olayotgan talaba-qizlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga erishish hamda ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqa sportning voleybol turiga qiziqishi bo‘lgan talaba-qizlarni qamrab oldi. 15-maydan start olgan musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimida filial direktori Adilbay Esimbetov so‘zga chiqib, mamlakatimizda xotin-qizlar salomatligini- ularni sportga jalb qilish orqali yanada mustahkamlashga yuksak e'tibor qaratilayotganligiga alohida urg‘u berib, filialda sportning ommabopligini ta'minlab, talaba-yoshlarni sport musobaqalariga faol jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.
Musobaqa yakunida qayd etilgan natijalarga ko‘ra, Zooinjeneriya (faoliyat bo‘yicha) yo‘nalishining 1-bosqich 106-guruh talaba-qizlaridan tashkil topgan jamoa birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, direktor kubogi sohibi bo‘lishdi. Veterinariya meditsinasi yo‘nalishining 3-bosqich 303-guruh talabalari 2-o‘rinni band etishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishi yo‘nalishi 2-bosqich 213-guruh talabalari 3-o‘rinni egallashdi. Fahriy o‘rinlarni egallashgan g‘olib jamoalar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Mutloq g‘olib bo‘lgan jamoa direktor kubogiga ega bo‘ldi. Shu kabi musobaqalar filial talaba-qizlarining sport bilan muntazam shug‘ullanib borishi ham jismonan ham ma'nan yetuk bo‘lib shakllanishiga zamin yaratib beradi.
скачать dle 12.1