“Zakovat” intellektual o‘yini ligasi o‘tkazildi
Ma'lumki, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual o‘yinini yoshlar orasida rivojlantirish va targ‘ib qilishga alohida e'tibor qaratilib, oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida intellektual tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida bilimdon talaba-yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini ligasi bo‘lib o‘tdi. Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu “Zakovat” intellektual o‘yinida jami 17 ta jamoa ishtirok etishdi. Filialda tahsil olayotgan talaba-yoshlarning aql va zehnini yanada o‘tkirlashtirish, bilim va salohiyatini oshirish va ularning bo‘sh vaqtlarini foydali tashkil etish hamda intellektual salohiyatini yanada yuksaltirib borish maqsadida o‘tkazilgan o‘yinning 5 turi davomida qiziqarli va mantiqiy savollar berildi.
Murosasiz kechgan final bahsida zukko va bilimdon talabalar bir-biridan qiziqarli savollarga javob izlab, o‘z topqirligini ishga soldilar. Yakunlovchi 5-turda qayd etilgan natijalarga ko‘ra, Veterinariya meditsinasi yo‘nalishi 2-bosqich 202-guruh talabalarining «Qaraken» jamoasi o‘z zukkoligi va topqirligi bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, g‘olib bo‘lishdi. 2-bosqich 205-guruh Veterinariya meditsinasi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalardan tashkil topgan «Apollon» jamoasi 2-o‘rin egasi bo‘lgan bo‘lsa, shu yo‘nalishning 3-bosqich 303-guruh talabalarining «Vostok» jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Filial direktori Adilbay Esimbetov g‘olib jamoalar a'zolarini samimiy qutlab, diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
скачать dle 12.1