Filial jamoasi Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘ydi
Ma'lumki, yurtimizda 9 may sanasi — fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba kuni sifatida keng nishonlanadi. Joriy yil sharafli g‘alabaga 78 yil to‘ladi. 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ham sana munosabati bilan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, filial jamoasi va talaba-yoshlari poytaxtimizdagi Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi.
—Tinchlik yo‘lida jang maydonida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini ulug‘lash va hurmat bajo keltirish albatta har birimizning burchimiz sanaladi. Har yili talabalar bilan kelib, gulchambar qo‘yish marosimida qatnashishni kanda qilmaymiz. Zero, xotira bizning qadriyatlarimizni va tariximizni o‘zida mujassam etadi va ajdodlarimizning oliyjanobligini yodimizga solib turadi —deydi A.Esimbetov.
Tadbir ishtirokchilari “Vatanparvar bog‘i”da bo‘lib, u yerdagi harbiy texnika va samolyotlar maketlari bilan yaqindan tanishdilar. Talaba-yoshlar «Xotira uyi»ga tashrif buyurib, qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi. Shu kabi tadbirlar orqali yoshlar tinchlik va farovon turmushimizning qadriga yetish kerak ekanligini qalban his etib, ushbu buyuk ne'matning qadr va qiymatini teran anglab yetadi. Ma'lumot uchun, yurtimizda bugungi kunda 174 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va front orti mehnat faxriylari ro‘yxatga olingan. Joriy yilda Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ularga 18 mln so‘m bir martalik mukofot puli berilishi ma'lum qilindi.
скачать dle 12.1