Voleybol sport turi bo‘yicha «Direktor kubogi» qaysi jamoaga nasib etdi
Mamlakatimizda yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni barkamol avlod qilib shakllantirish hamda bo‘sh vaqtlarini foydali va maqsadli tashkil etishga qulay sharoit yaratib berishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ham talaba-yoshlarni sport tadbirlariga qamrab olish maqsadida turli hil musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda. Shu jumladan, mini futbol va voleybol sport turlaridan direktor kubogini o‘tkazish an'anaga aylanib ulgurgan.
17 aprel sanasidan start olgan «Referendum 2023» siyosiy tadbir munosabati bilan tashkil etilgan voleybol sport turi bo‘yicha «Direktor kubogi» musobaqasi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir boshida filial direktori Adilbay Esimbetov so‘z olib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda sport sohasini yanada ommalashtirish va rivojlantirishga katta e'tibor berilayotganligi, filialda ham bu borada samarali ishlar amalga oshirilib, ularning ijobiy natijasi o‘laroq, talaba-yoshlar orasida ushbu soha bo‘yicha yutuqlarga erishayotgan talabalar safi kengayib borayotganligini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Jumladan, Joriy yilning 12-16 aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahrida o‘zbekjang san'ati bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi musobaqasida 2-bosqich talabasi K.Serimbetova ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medal sohibasiga aylanganligini e'tirof etib o‘tdi. «Direktor kubogi» musobaqasining umumiy natijalariga ko‘ra, fahrli birinchi o‘rinni Veterinariya meditsinasi yo‘nalishining 1-bosqich 101-guruh talabalari egalladi. 2-o‘rin Veterinariya meditsinasi yo‘nalishining 3-bosqich 303-guruh talabalari egallagan bo‘lsa, shu yo‘nalishning 3-bosqich 304-guruh talabalari 3-o‘rinni olishga muvaffaq bo‘ldi. G‘olib jamoalarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Mutloq g‘olib jamoaga Direktor kubogi tantanali ravishda topshirildi. Muhimi talaba-yoshlarning bo‘sh vaqti foydali va maqsadli tashkil etildi.
скачать dle 12.1