«Referendum va yoshlar» forumi talabalarga ko‘tarinkilik bag‘ishladi
Respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalarida yaqinda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan umumxalq referendumi munosabati bilan «Referendum va yoshlar» mavzusida targ‘ibot tadbirlari doirasida forumlar tashkil etilmoqda. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida gala-konsert ko‘rinishida «Referendum va yoshlar» tadbiri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining deputatlari,O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda «Milliy tiklanish» partiyasi faollari, filial professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida deputatlar va partiya faollari tomonidan targ‘ibot chiqishlari qilindi. Jumladan, yangilanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining mazmun-mohiyati va unda oliy ta'lim sohasiga oid qator yangiliklar o‘z aksini topayotganligi, amaldagi 50-, 51-, 52, 53- moddalariga yoshlarga oid muhim yangiliklar kiritilayotganligi ta'kidlanib, ushbu moddalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, o‘qituvchi va talaba-yoshlar ham so‘zga chiqib, amalga oshirilayotgan konstitusiyaviy islohotlar va yangilanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi bo‘yicha atroflicha fikr va mulohazalarni bildirib o‘tdi.
Forum doirasida Yangi tahrirdagi Bosh Qomusimizda inson qadrini yanada ulug‘lashga va ijtimoiy himoyasiga alohida e'tibor qaratishga hamda yoshlarimizning sifatli ta'lim olishi, har tomonlama yetuk avlod bo‘lib yetishishini ta'minlashga oid qator moddalar kiritilayotganligi bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berildi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir Qoraqalpoq estradasining yorqin yulduzlari ijrosidagi sho‘x kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi. Yig‘ilganlar zavq bilan raqsga tushib, barchaga pozitiv kayfiyat ulashildi. Shu kabi tadbirlar orqali yaqinda bo‘lishi kutilayotgan umumxalq referendumning ahamiyati va yangi tahrirdagi Konstitusiyaning mazmun-mohiyatini yoshlarga keng tushuntirish imkoni yaratiladi.












Axborot xizmatiскачать dle 12.1