Jo‘qorg‘i Kengesning deputatlari tomonidan Yangi O‘zbekiston Konstitusiyasining mazmuni tushuntirildi
Yaqinda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan muhim siyosiy voqelik — Referendumning ahamiyati va xalqimiz hayotida tutgan o‘rni bo‘yicha joylarda targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Shu jumladan, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ham Yangilanayotgan O‘zbekiston Konstitusiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan tadbirlar va uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Bugun filial majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining deputatlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qonuniylik, sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo‘mitasi raisi, Jo‘qorg‘i Kenges deputati Z.Reymova, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Jo‘qorg‘i Kenges deputati G.Ayimbetova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining deputati Z.Paluanova, filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar qatnashdi. Filial direktori Adilbay Esimbetov uchrashuvni kirish so‘zi bilan ochib, Yangi O‘zbekiston Konstitusiyasining mazmuni va mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan shu kabi tadbirlarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsadga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, Yangi tahrirdagi Konstitusiyamizning mamlakat va jamiyat taraqqiyotidagi tutgan o‘rni beqiyos ekanligi, unga kiritilayotgan yangi moddalar insonlar qadr-qimmatini yanada yuksaltirib, xalqimiz turmushini yaxshilashga xizmat qilishi haqida gapirib, Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning asosiy xususiyatlari va prinsiplariga to‘xtaldi. Tadbir davomida Jo‘qorg‘i Kengesining deputatlari tomonidan talaba-yoshlarga to‘laqonli ma'lumotlar berildi. Jumladan, Yangilanayotgan Bosh Qomusimizda yoshlarga oid bir qator normalar o‘z ifodasini topayotganligi, ular uchun alohida bob ajratilib, yoshlarning haq-huquqlari va manfaatlarimustahkamlanayotganligi mamlakatimiz yoshlariga yanada motivasiya va ilhom bag‘ishlashi alohida ta'kidlab o‘tildi. Konstitusiyamizga kiritilayotgan 27 yangi modda bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berilib, ahamiyatiga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, bo‘lib o‘tishi kutilayotgan umumxalq referendumidan ko‘zlangan ezgu maqsadlar, Yangi O‘zbekistonning Yangi Konstitusiyasi adolatli jamiyat barpo etishimiz uchun xizmat qilishi bo‘yicha atroflicha fikrlar bildirildi. Ma'ruzachilar tomonidan Bosh Qomusimizga kiritilayotgan yangi qo‘shimcha va o‘zgarishlarning mazmuni va ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Jo‘qorg‘i Kengesining deputatlari o‘z nutqining yakunida talaba-yoshlarni 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishlariga chaqirib qoldi. Tadbir ishtirokchilari batafsil ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.
Axborot xizmatiскачать dle 12.1