SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALITaxiatosh tumanida targ‘ibot tadbiri olib borilmoqda » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Taxiatosh tumanida targ‘ibot tadbiri olib borilmoqda
Taxiatosh tumanida targ‘ibot tadbiri olib borilmoqda
Ma'lumki, 30 aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan referendum arafasida Respublikamiz hududlarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlardan tuzilgan targ‘ibot guruhi a'zolari tomonidan tumanlarda yangilanayotgan Konstitusiyamizning mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari S.Ganiev ham ushbu targ‘ibot ishlarida tashabbuskorlik ko‘rsatmoqda.
Jumladan, Taxiatosh tumanida filialga biriktirilgan «Keneges» OFYda istiqomat qiluvchi fuqarolarga yangilanayotgan Konstitusiyaning mazmuni va referendum bo‘yicha targ‘ibot tadbiri olib borildi. Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari S.Ganiev va Veterinariya va zooinjeneriya fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini E.Seytmuratovlar tomonidan mahalla turg‘unlariga Bosh Qomusimizga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, 30 aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan referendum bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berildi.
Tadbir ishtirokchilariga “Referendum” so‘zining ma'nosi va uning ahamiyati keng tushuntirildi. Konstitusiyaviy islohotlarning mamlakat va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni alohida qayd etildi. Shuningdek, referendum o‘tkazish tartibi haqida to‘laqonli ma'lumotlar taqdim etildi. Ishtirkochilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olib, yangilanayotgan Konstitusiyamizning mazmun-mohiyati bo‘yicha keng tushunchalarga ega bo‘lishdi.