Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan tadbir
Bu yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganiga 30 yil to‘ladi. Shu munosbat bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida tadbir tashkil etildi. Dastlab, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi. Filial direktori Adilbay Esimbetov so‘z olib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan barcha ishtirokchilarni qutlab o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyaviy nazorat qo‘mitasi raisi P.Aytniyazov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i N.Berdiev so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har qanday islohotlarning huquqiy asosi va fuqarolarning huquq va erkinliklari ta'minlanishining kafolati bo‘lgan, asosiy qonunimiz sanaladigan Konstitusiya -davlatimiz obro‘sini belgilab bergan tariyxiy hujjat ekanligi va huquq hamda erkinliklarini ta'minlashda alohida ahamiyat kasb etishi haqida batafsil to‘xtaldi.
Ishtirokchilarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyasining qabul qilinish tarixi va shu kunga qadar unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha ma'lumotlar berildi. Har bir fuqaro davlatimizning asosiy qonuni sanaladigan Konstitusiyaning mazmun va mohiyatini teran anglab yetishi va uni yaxshi bilishi zarur ekanligi ta'kidlandi. Shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlodga Bosh qomusimiz —hozirgi farovon turmushimizning huquqiy asosi ekanligi bo‘yicha keng tushunchalarni berib borish maqsadga muvofiq bo‘lishi aytib o‘tildi. Talaba-yoshlarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirib borishda shu kabi tadbirlar alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi tadbir doirasida, filial talaba-yoshlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyasining mazmuni bo‘yicha kerakli ma'lumotlar berildi. Ishtirokchilarning barcha savollariga tashrif buyurgan soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob berildi. Tadbirning yakuniy qismida talaba-yoshlar ham so‘zga chiqib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
скачать dle 12.1