Referendum bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Bugun filialimizning majlislar zalida Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari S.Ganiev boshchiligida "Referendum: Oʻzbekiston — ijtimoiy, huquqiy davlat" mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Yangi tahrirdagi Konstitusiya porloq kelajagimiz uchun ulkan qadam bo‘lishi va katta maqsadlarimizni belgilab olishimiz uchun g‘oyat muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi. S.Ganiev tomonidan talaba-yoshlarga «referendum» tushunchasi va referendum o‘tkazish jarayoni bo‘yicha atroflicha ma'lumotlar berildi. Jumladan, fuqarolarning ushbu jarayonda ishtirok etish tartibi, referendum o‘tkazishdagi asosiy prinsiplar, ovoz berish qay tartibda amalga oshirilishi, referendum o‘tkazuvchi komissiyalar faoliyatining huquqiy asoslari, fuqarolarning mazkur jarayonlarda qanday huquqga ega ekanligi xususida batafsil tushunchalar berildi.
—Biz oliy ta'lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodim sifatida Mamlakatimizda ro‘y berayotgan har qanday yangilanishlarga befarq bo‘lmasligimiz zarur. Yangi tahrirdagi Konstitusiya har bir fuqaro uchun muhim qadam hisoblanib, katta bir imkoniyat eshiklarini ochib berishi aniq—deydi direktorning birinchi o‘rinbosari S.Ganiev. — Ijtimoiy, huquqiy davlat insonlarning munosib turmush darajasini ta'minlab beradi. Shu bois, biz ushbu jarayonlarga befarq bo‘lmagan holda, talaba-yoshlar orasida tushuntirish targ‘ibot tadbirlarini tashkil etib kelmoqdamiz. Tadbir davomida barcha ishtirokchilarga qiziqarli ma'lumotlar taqdim etildi. Talaba-yoshlar ham mavzu bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
скачать dle 12.1