“Konstitutsiya – meniki, seniki, bizniki, Konstitutsiya – o‘zimizniki”
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlar ishtirokida “Konstitutsiya – meniki, seniki, bizniki, Konstitutsiya – o‘zimizniki” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Seytkamalov, «Veterinariya va zooinjeneriya» fakul'tetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini E.Seytmuratov, tyutorlar hamda talaba-yoshlar qatnashdi. A.Seytkamalov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berib, yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmuni va ahamiyati haqida gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng E.Seytmuratov so‘zga chiqib, talaba-yoshlarga Konstitutsiyaga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bo‘yicha to‘laqonli ma'lumotlarni berib o‘tdi.
— Biz har birimiz Konstitusiyaviy islohotlar zamirida inson qadrini yanada ulug‘lashga qaratilgan ezgu ishlarni amalga oshirishdek yaxshi bir maqsad va g‘oya mujassam ekanligini teran his etishimiz kerak. Zero, Yangi tahrirdagi Konstitutsiya jamiyatimiz taraqqiyotida va insonlar hayotida yangi bir sahifalarni ochib berishi kutilmoqda — deydi E.Seytmuratov.
Targ‘ibot tadbiri davomida ishtirokchilarga Konstitutsiyaga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar xalqimiz turmush darajasini yanada yaxshilashga qaratilganligi va ushbu yangilanishlardan kutilayotgan ijobiy natijalar bo‘yicha keng tushunchalar berildi. Bo‘lib o‘tishi kutilayotgan referendum butun xalqimiz uchun katta ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi va ushbu muhim voqelikda barchamiz faol ishtirok etishga chaqirish tavsiya etildi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasining targʻibotiga bagʻishlangan tadbirlar davom etmoqda.
скачать dle 12.1