Filialda konstitusion islohotlarga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda
Ma'lumki, ayni kunlarda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi loyihasining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha yurtimizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari va forumlar tashkil etilmoqda. Jumladan, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ham konstitusion islohotlarga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlariga start berildi. Ushbu mavzu doirasida professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar o‘rtasida tushuntirish targ‘ibot tadbirlarini olib borish va yuksak saviyada tashkil etishga alohida e'tibor qaratilgan holda, har bir guruhda mana shunday tadbirlarni o‘tkazish uchun grafik tasdiqlandi.
Bugun jami 12 ta guruh talabalariga Konstitusiyaning yangi tahrirdagi loyihasi mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. «Iqtisodiyot va gumanitar» fanlar kafedrasi o‘qituvchisi N.Jamalov hamda tyutorlar tomonidan filial majlislar zalida talaba-yoshlarga barchamiz uchun o‘ta muhim siyosiy jarayon hisoblangan konstitusion islohotlar bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berildi. Ma'ruzachilar ayni kunlarda ushbu jarayonlarga keng ko‘lamda tayyorgarlik tadbirlari olib borilib, joylarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, fuqarolarga keng tushunchalar berilayotganligi haqida to‘xtaldi. Yangi tahrirda qabul qilinayotgan Konstitusiya har birimizning taqdirimiz va kelajagimizni belgilaydi. Shu bois, ushbu muhim jarayonda faol ishtirok etishga, referendum bo‘yicha salohiyatimizni yanada oshirib, Asosiy Qonunimizga kiritilayotgan o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishishga harakat qilishimiz lozim.
Tushuntirish tadbiri davomida filial talaba-yoshlariga konstitusion islohotlar bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Filialda "Mening konstitutsiyam" shiori ostida professor-o‘qituvchilar, barcha xodimlar hamda talaba-yoshlarga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari olib boriladi. Bugungi tadbirlar davomida talaba-yoshlar zarur ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.
скачать dle 12.1