Filial talabasi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Nukus shahar bosqichida 1-o‘rinni egalladi
Filial talabasi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar bosqichida 1-o‘rinni egalladi.
Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining Zooinjeneriya (turlar bo‘yicha) yo‘nalishining 2-bosqich 210-guruh talabasi, iqtidorli talabalar klubi a'zosi Kaliev Bayram Alpisbay o‘g‘li “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar bosqichida 1-o‘rinni egallab, g‘oliblikni qo‘lga kirgizdi.
Bu haqda tyutori E.Djumabaeva Axborot xizmatiga xabar berdi. «Naslchilik fermerxo‘jaliklarida tana va g‘unajinlarni jadal o‘stirish va birinchi tuqqan sermahsul sigirlar podasini yaratishning samarali usullarini ishlash” loyihasi bilan ishtirok etgan talabamizga sertifikat hamda 1 500 000 so‘mlik vaucher taqdim etildi.
Shuningdek, tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Talabamiz B.Kalievni ushbu ijobiy natijasi bilan samimiy qutlaymiz va keyingi bosqichlarda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
скачать dle 12.1