Filial jamoasi konstitusion islohotlar mavzusiga bag‘ishlangan targ‘ibot forumida qatnashdi
Barchamizga ma'lumki, joriy yilning 30 aprel' kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi qaroriga asosan yangi konstitusiya bo‘yicha referendum o‘tkaziladi. Ushbu munosabat bilan joylarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Bugun tayanch o‘quv yurtimimz bo‘lgan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida konstitusion islohotlar mavzusiga bag‘ishlangan targ‘ibot forumi bo‘lib o‘tdi.
Universitet rahbariyati boshchiligidatashkil etilgan ushbu o‘quv seminariga filial professor-o‘qituvchilari va xodimlar «ZOOM» dasturi orqali onlayn tarzda ishtirok etishdi. Universitet rektori, professor X.Yunusov tadbir boshida so‘z olib, yangilanayotgan Konstitutsiya jamiyat rivoji va kelajagimiz uchun muhim qadam bo‘lishi haqida to‘xtaldi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Toshkent filiali hamda akademik lisey va texnikumlar jamoasi onlayn tarzda ishtirok etgan tadbir davomida yangilanayotgan Konstitutsiya va referendum tushunchasining mazmuni va mohiyati atroflicha tushuntirildi.
Fililaning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Q.Atanazarov va «Iqtisodiyot va gumanitar» fanlar kafedrasi mudiri P.Xojalepesovlar ma'ruzachilar qatorida masofaviy tarzda qatnashib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi. Tadbirda Konstitusiyaning yangi tahriri aholi farovonligi uchun xizmat qilishi, inson qadr-qimmatini yanada yuksaltirishda muhim omil bo‘lishi ta'kidlab o‘tildi. Ishtirokchilar mavzu doirasida batafsil ma'lumotlarga ega bo‘lishi bilan birgalikda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.Universitetda "Referendum -2023:kelajaging uchun ovoz ber!" shiori ostida targ‘ibot tadbirdari davom etmoqda.
скачать dle 12.1