Talaba-qizlar orasida stol tennis bo‘yicha musobaqa tashkil etildi
Filial talaba-qizlari orasida yaqinlashib kelayotgan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Sport – nafislik va salomatlik manbai» shiori ostida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Tadbirni Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi G.Eshmuratova kirish so‘zi bilan ochib berib, kirib kelayotgan ajoyib bayram bilan qizlarni samimiy tabriklab o‘tdi va ushbu musobaqani tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsadga to‘xtaldi.
Shundan so‘ng ishtirokchilarga omad tilanib, musobaqaga start berildi. «Iqtisodiyot va gumanitar» fanlar kafedrasining jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Q.Urazbaev o‘yinga hakamliq qilib bordi. Jami 20 nafarga yaqin talaba-qizlarni qamrab olgan ushbu musobaqa baxs va munozaralarga boy tarzda kechdi.
Qizlar g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdilar. Qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tgan musobaqa yakunida 2-bosqich 203-guruh talabasi Ulbosin Begalieva fahrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 1-bosqich 101-guruh talabasi Gulxumar Saparniyazova ikkinchi o‘rinni egalladi. 1-bosqich 103-guruh talabasi Umida Amangeldievaga bo‘lsa uchinchi o‘rin nasib qildi. G‘oliblar dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan tadbirda tantanali ravishda taqdirlanishi ta'kidlab o‘tildi.
Albatta, ajoyib bayram arafasida talaba-qizlarga ijobiy kayfiyat bag‘ishlab, ularga chin ma'noda bayramona muhit yaratib berishda mana shunday sport va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi. O‘yin davomida qizlarimiz sportning stol tennisi turi bo‘yicha o‘zlarining mahoratlarini ko‘rsata oldilar. Ishtirokchilar musobaqa qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tganligini ta'kidlashdi va tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirishdi.
скачать dle 12.1