Zulfiya Isroilova tavalludiga 108 yil to‘lishi munosabati bilan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi
Yurtimizga bahor faslining kirib kelishi bilan otashnafas shoiramiz Zulfiyaxonim tavallud ayyomini keng nishonlash yaxshi bir an'anaga aylangan. Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida oʻzbek xalqinining sadoqat va vafo timsoli bo‘lgan shoiralaridan biri Zulfiya Isroilova tavalludiga 108 yil hamda O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludiga 82 yil to‘lishi munosabati bilan «Beg‘ubor qalb kuychilari» atamasi ostidagi adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Axborot resurs markazi bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq yozuvchisi, filologiya fanlari nomzodi A.Abdiev, Veterinariya va zooinjeneriya fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari E.Seytmuratov, Axborot xizmati rahbari Z.Xojamuratova, Axborot resurs markazi bo‘limi boshlig‘i J.Xalmuratova, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi G.Eshmuratova, psixolog M.Allamuratova, «Iqtisodiyot va gumanitar» fanlar kafedrasining o‘zbek tili o‘qituvchisi I.Xalmuratov, kutubxonachi U.Ubayxanovalar va boshqalar so‘zga chiqib, adabiy-badiiy kecha qahramonlarining hayoti va ijodiga to‘xtaldi.
She'riyat shunday qudratli kuchki, uning ixlosmandlari bu ajib bir olamning sehridan va ziyosidan bahramand bo‘lish binobarida qalbida chin ma'noda yuksak insoniy tuyg‘ular kurtak ochadi. Zulfiyaxonim hamda Abdulla Oripovning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan katta hissasi, talaba-yoshlarni vatanga muxabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning ibratli hayot va ijod yo‘li, oliyjanob insoniy fazilatlar sohibi ekanligi har birimizga ibrat bo‘la oladi. Kecha talaba-yoshlar tomonidan sahnalashtirilgan ajoyib chiqishlar bilan davom etdi.
Jumladan, shoirlarning eng sara she'rlari ijro etildi, ularning qalamiga mansub kuy va qo‘shiqlar yangradi, sahnali ko‘rinishlar maromiga yetkazib ijro etildi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talaba-yoshlar fahriy yorliq bilan taqdirlanishdi. O‘z she'rlari, ijodi bilan sodiq va zukko ixlosmandlarga ega bo‘lgan, millatning sevimli shoirlari tavallud ayyomi munosib tarzda nishonlandi.
Axborot xizmatiскачать dle 12.1