Mizdaxqon tarixiy esdalik majmuasiga sayohat
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali «Veterinariya va zooinjeneriya» fakulteti dekani A.Kaniyazov tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanidagi Mizdaxqon tarixiy esdalik majmuasiga sayohat tashkil etildi.
Ushbu sayohatga dekan muovini E.Seytmuratov, «Iqtisodiyot va gumanitar» fanlar kafedrasi o‘qituvchilari, tyutorlar va talaba-yoshlar borishdi. Xo‘jayli tumaniga uyushtirilgan sayohat davomida majmuaning tarixi, yodgorliklari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Bu yerning o‘ziga hos tarixi va afosona-yu rivoyatlari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mizdaxqon majmuasi joylashgan tepalikda ajoyib esdaliklar topilgan. Talabalarga Shamun-Nabi maqbarasi va “Xalifa Rajab” maqbarasi haqida qiziqarli ma'lumotlar berib o‘tildi. Sayohat davomida xo‘jayli tumanida joylashgan ushbu tarixiy esdalik majmuasining diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishildi. Talaba-yoshlarni tarixiy va madaniy meroslarimizni yodga olish va ularni o‘rganish ruhida tarbiyalashda shu kabi sayohatlarning tutgan o‘rni beqiyos.
— Bundan avval ham Mizdaxqon tarixiy esdalik majmuasiga talabalar uchun ko‘plab martalab tashriflar amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu sayohatlarni tashkil etish orqali ularning qalbida tarixiy obidalarimizga va madaniy meroslarimizga bo‘lgan hurmatini yanada oshirish, bilimlarini mustahkamlash singari ezgu maqsadlarni ilgari surganmiz. Bugungi tashrif ham qiziqarli taassurotlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi deb o‘ylayman —deydi A.Kaniyazov.
Talaba-yoshlar ko‘pgina qiziqarli ma'lumotlarga va ajoyib taassurotlarga ega bo‘lganligini e'tirof etishdi. Bunday sayohatlar orqali ichki turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shishga ham urg‘u beriladi. Muhimi, talabalarning kayfiyatlari ham ijobiy tomonlama ko‘tarildi.
скачать dle 12.1