Tumanlarda quyonchilik bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentigi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi bilan hamkorlikda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining «Aholining va ishsiz yoshlarning bandligini ta'minlash, ularning daromadlarini oshirish maqsadida uy sharoitida quyonchilikni rivojlantirish va kooperatsiya tashkillashtirish choralari to‘g‘risida»gi 1-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlarida 14-17 fevral kunlari oralig‘ida seminarlar tashkil etilmoqda.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentigi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i A.Kayraddinov tadbir boshida so‘z olib, ushbu seminarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad va kutilayotgan samarali natijalarga to‘xtaldi.
Filialning «Iqtisodiyot va gumanitar» fanlar kafedrasi mudiri P.Xojalepesov, «Zooinjeneriya» kafedrasi mudirasi A.Toreshova hamda «Veterinariya medisinasi, oziq-ovqat xavfsizligi kafedrasi» katta o‘qituvchisi A.Seypullaevlar tomonidan agentlik bilan hamkorlikda Chimboy, Taxtako‘pir, Bo‘zatov, Kegeyli, Qorao‘zak, Qanliko‘l, Sho‘manoy, Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irod, Amudaryo, Beruniy, To‘rtko‘l, Ellikqal'a tumanlarining mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari hodimlari hamda hokim yordamchilari, ishqiboz quyon boquvchilari ishtirokida o‘quv-seminarlari o‘tkazildi.
Ushbu seminarlar davomida uy sharoitida naslli quyonlarni qanday parvarish qilish, zotdor quyon yetishtirishda nimalarga ahamiyat qaratish va ularni qanday ozuqa bilan boqish kerak ekanligi bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, quyonlarda uchraydigan kasalliklar, ularga tashhis qo‘yish va davolash bo‘yicha qimmatli ma'lumotlar berib o‘tildi.
Uy sharoitida quyonchilikni rivojlantirish va ularni ko‘paytirish orqali daromad topish yo‘llari haqida keng tushuncha va tegishli tavsiyalar berildi. Shu bilan birga seminar ishtirokchilariga ushbu sohani rivojlantirish orqali ishsiz yoshlarning bandligini ta'minlash va daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish va yo‘naltirishdan iborat ekanligi qayd etildi. Tumanlarda tashkil etilgan seminarlar davomida quyonchilik sohasi bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama etildi. Ma'lumot uchun, ertaga, ya'ni 17 fevral kuni Xo‘jayli, Taxiatosh,Nukus tumani hamda Nukus shahrida seminar ishi davom etishi rejalashtirilgan.
Axborot xizmati
скачать dle 12.1