Tyutorlar tomonidan giyohvandlik va OITS kasalligi bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi
Bugun «Veterinariya va zooinjeneriya» fakulteti tyutorlari tomonidan fevral oyi «Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning tarqalishiga qarshi kurashish oyligi» deb belgilanganligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda OITSga qarshi kurash markazi shifokorlari A.Djanibekova, Sh.Kamalova hamda U.Uteniyazova, tyutorlar va talaba-yoshlar qatnashdi.
Dastlab, talabalarga giyohvand moddalar iste'mol qilishning ayanchli oqibatlari, iloji boricha ushbu og‘u domiga tushib qolishdan ehtiyot bo‘lish hamda bugungi kunda mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha ko‘rilayotgan keskin choralar xususida gapirib o‘tildi. Yoshlar orasida sodir etilayotgan turli qabih jinoyatlarning aksariyati giyohvand moddalar iste'moli oqibatida yuz berayotgani alohida ta'kidlanib, ushbu «zahri qotil» iskanjasiga tushib qolganlar, ko‘pincha OITS kasalligiga chalinishi aytib o‘tildi.
Shundan so‘ng, soha mutaxassislari tomonidan tadbir ishtirokchilariga OITS kasalligi va uning kelib chiqish sabablari, qanday yo‘llar orqali yuqishi, ilk belgilarini qanday aniqlash mumkinligi haqida keng tushunchalar berildi. Bugungi kunda ushbu kasallikka chalinishga yana qanday omillar sabab bo‘lishi va virusni yuqtirishning yo‘qorida ta'kidlab o‘tilgan qaysi yo‘llari ko‘proq uchrayotganligi bo‘yicha ma'lumotlar keltirildi.
Oddiy turmush tarzimiz davomida, masalan go‘zallik saloni xizmatidan foydalanganimizda, shifokor stomatolog qabuliga murojaat etgan paytimizda gigiena qoidalariga amal qilishga alohida e'tibor qaratishimiz zarur ekanligi tushuntirildi. Talaba-yoshlar ushbu mavzular bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javoblarni olishdi. Tadbir ishtirokchilari giyohvand moddalar iste'mol qilishning zararli oqibatlari va OITS kasalligi bo‘yicha kerakli ma'lumotlarga va tushunchalarga ega bo‘lishdi. Tyutorlar tomonidan ushbu mavzular doirasida guruhlar orasida ham tegishli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
скачать dle 12.1