“Qon donorligi haftaligi” doirasida soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Joriy yilning 10 fevral kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 5-10 fevral kunlari oralig‘ida “Qon donorligi haftaligi” etib belgilanganligi munosabati bilan soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuvo‘tkazildi. Uchrashuvni Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Seytkamalov ochib berib, ushbu haftalik doirasida beg‘araz donorlik qilish orqali donor qoniga muhtoj insonlarga yordam berib, ezgu ishda o‘z hissamizni qo‘shish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildiridi.
Shundan so‘ng, Respublika o‘smirlar dispanseri terapevt shifokori N.Tursinbekova so‘zga chiqib, qon donori bo‘lish istagida bo‘lganlar ushbu jarayonda ishtirok etish uchun qanday talablarga javob berish kerak ekanligi, qarshi ko‘rsatmalar qanday bo‘lishi, kimlar donor sifatida qon topshirishi mumkinligi hamda qon topshirish jarayonining bosqichlari haqida batafsil tushunchalarni berib o‘tdi. Qon topshirish tartibi asosida 18 yoshdan 60 yosh oralig‘ida bo‘lgan sog‘lom fuqarolar ushbu jarayonda bevosita ishtirok etishi mumkinligi, bunda ularning vazni 50 kilogrammdan yuqori bo‘lishi kerakligi bo‘yicha ma'lumotlar keltirildi.
— Donor sifatida qon topshirish yaxshilikning oddiy bir ko‘rinishi. Biz mana shunday ezgu ishni amalga oshirish uchun aynan donorlar kunini kutib o‘tirishimiz shart emas. Bunday savobli ishni yil davomida amalga oshirishimiz kerak deb o‘ylayman—deydi N.Tursinbekova. Uchrashuv davomida talabalarga mavzu doirasida zarur bo‘lgan barcha ma'lumotlar taqdim etildi va kerakli tavsiyalar berib o‘tildi.
скачать dle 12.1