«Bir asrning ikki javohiri» mavzusida ma'naviy-ma'rifiy kecha o‘tkazildi
Ma'lumki, har yili buyuk mutaffakir Alisher Navoiy tug‘ilgan qutlug‘ sana ya'ni, 9 fevral yurtimizda keng nishonlanib kelmoqda. Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan «Bir asrning ikki javohiri» mavzusida ma'naviy-ma'rifiy kecha o‘tkazildi. Filial direktori Adilbay Esimbetov kechani nutq so‘zlab ochib berdi.
Ushbu tadbirning kirish qismida, buyuk mutafakkir, she'riyat mulkining sultoni Navoiy ijodi hamda buyuk shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida ma'ruza qilindi. Ma'naviy-ma'rifiy kechaga tashrif buyurgan mehmonlar — Qoraqalpog‘iston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli dramaturg, yumorist yozuvchi S.Jumag‘ulov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq yozuvchisi, filologiya fanlari nomzodi A.Abdievlar tomonidan talaba-yoshlarga kecha qahramonlarining siymosi va yaratgan asarlari o‘z jozibadorligi bilan qalbimizga muhirlanib qolganligi va ularning xotirasini abadiylashtirish hamda qoldirgan boy merosini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi.
Kechaning badiiy qismida talaba-yoshlar ishtirokida tayyorlangan ajoyib konsert dasturi namoyish qilindi. Jumladan, hazrat Alisher Navoiy va Guli monologi juda ta'sirli tarzda aytildi, Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romani asosida sahnalashtirilgan ko‘rinishlarda iqtidorli talabalar tomonidan Bobur obrazi maromiga yetkazib ijro etildi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning nafis ruboiylari asosida kuylangan kuy-qo‘shiqlarga talaba-qizlarimiz ishtirokida mohirona raqs ijro qilindi. Zalda o‘tirganlarga chin ma'noda bayram kayfiyati ulashildi.
скачать dle 12.1